Tavsif
Farmatsevtika sohasida 5 yildan ortiq amaliy tajribaga ega mutaxassisman. Dastlabki amaliyotdan boshlab, yirik dorixonada boshqaruvni o'rganish, shogirdlar chiqarish hamda o'z shaxsiy dorixonamni ("My Apelsin Pharm") 2 yil to'liq mustaqil boshqarish bosqichlarini bosib o'tdim.
So'nggi 2 yil davomida esa sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarini chuqur o'rganib, farmatsevtika jarayonlarini to'liq avtomatlashtiruvchi mualliflik loyihalarini yaratdim. Hozirda farmatsevtika va AI sohalarini birlashtirish ustida izlanishlarimni davom ettirmoqdaman.
Umumiy ko'nikmalar
-
Farmatsevtika
Dori vositalari assortimenti, GPP (Good Pharmacy Practice), farmakologik tahlil va mijozlarga professional maslahat berish.
-
Dorixona Boshqaruvi
Shaxsiy dorixonani to'liq yuritish, moliyaviy tahlil, kassa nazorati va kadrlar boshqaruvi tajribasi.
-
AI & Avtomatlashtirish
Telegram botlar arxitekturasi, ChatGPT, Prompt Engineering, AI yordamida dorixona jarayonlarini avtomatlashtirish.
-
Mentorlik
Yangi kadrlarni tayyorlash va 10+ nafar shogird yetishtirish tajribasi. Dorixona operatsiyalarini o'rgatish.